G‘ALABA MUBORAK INSTITUT JAMOASI!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbuslaridan o‘rin olgan,
Ikkinchi tashabbusi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan maqsadlarini ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 31 yanvar kuni 
O‘zbekiston  Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ularda ona yurtga bo‘lgan sadoqatini mustahkamlashga qaratilgan sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqalar sportning beshta turi bo‘yicha futbol, voleybol, 
estafeta, arqon tortish va  stol tennisidan o‘tkazildi. 
Musobaqalar natijalariga ko‘ra institutimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018