O‘QISHNI KO‘CHIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI!

    Joriy yilning 5 sentabr sanasidan boshlab Respublikadagi jami 18 ta Oliy Ta’lim Muassasalarida bo‘lgani kabi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham 2020/2021-o‘quv yili uchun xorijiy davlatlardagi OTMlar hamda Respublikadagi xorijiy  va nodavlat OTMlaridan O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar online test sinovlarini topshirmoqdalar. 

Shu jumladan, institutda ham xorijiy oliy ta’lim muassalaridan institutning alohida iqtidor talab etiladigan “Dizayn” (kostyum dizayni) ta‘lim yo‘nalishiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Toshkent shahridagi YODJU texnika instituti, Turin Politexnika Universiteti “Fashion design” yo‘nalishining 2-kurs talabalari uchun imtihonlar bo‘lib o‘tdi. 
Imtihon uchun institutda tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan. Jarayon karantin qoidalariga to‘la rioya qilingan holda o‘tkazildi. 
скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018