OYBEK MA’NAVIY MEROSI-YOSHLAR UCHUN IBRAT NAMUNASI !

Joriy yilning 11-sentabr kuni poytaxtimizning adiblar xiyoboni majmuasida Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodi va faoliyatini o‘rganishga doir tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur yig‘ilishda institut rektori Komilova Xolida Xafizovna, prorektorlar, talaba yoshlar, yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Talaba yoshlar tomonidan Oybek ijodidagi she’rlar ijro qilindi, hayot yo‘llari esga olinib, asarlari sahna ko’rinishida namoyon bo‘ldi va yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi. 

Ma’lumot uchun: 2020 yilning 20-may kuni yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboni majmuasining ziyorati chog‘ida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga millat adabiyoti tarixida munosib o‘rin tutgan Oybek asarlarini o‘rganish va targ‘ib etish, bugunning raqamli texnologiyalari bilan qurollangan yoshlarning ongiga singdirish vazifasini yukladilar. Ushbu topshiriq yuzasidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institututi jamoasi o‘z oldiga roman va qissalari, ilmiy-nazariy, siyosiy, publitsistik asarlari, tarjimalari, ajoyib she’rlari, dostonlari, hikoyalari hamda o‘zbek adabiyoti xazinasini boyitgan asarlarini tatqiq etish hamda talaba yoshlar ongiga singdirish vazifasini qo‘ydi. Bu vazifa “Muhim besh tashabbus” ning ham yoshlar o‘rtasida keng ommalashishiga turtki bo‘ldi. Sababi, undagi to‘rtinchi tashabbus hisoblangan kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalasi yuqoriga ko‘tarilib, milliy adabiyotimizning zabardast vakillari hayoti va ijodini chuqur o‘rganishga kirishildi. Natijada institut jamoasi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirildi. 


скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018