TEXNOPARKNI RIVOJLANTIRISH BО‘YICHA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR REJALASHTIRILDI!

Joriy yilning 14-sentabr kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanaot instituti huzuridagi О‘quv-amaliy tо‘qimachilik texnoparkida sohaning yetuk mutaxasislari, yosh izlanuvchilar hamda magistrlar tomidan Texnoparkni ishga tushirish bо‘yicha birgalikda qilinadigan ishlarni rejalashtirish bо‘yicha yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzurida Koreya Respublikasi Hukumatining beg‘araz kо‘magini jalb etgan holda О‘quv-amaliy tо‘qimachilik texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi PQ-2759-son qaroriga asosan О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi muassisligida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzurida О‘quv-amaliy tо‘qimachilik texnoparki tashkil etildi.

Texnoparkni barpo etish uchun Koreya Respublikasi Hukumatining 15 mln AQSH dollarlik beg‘araz kо‘magini jalb etgan holda amalga oshirildi. Texnoparkning asosiy vazifalari etib, talaba va yosh olimlarni tо‘qimachilik, tikuv-trikotaj, bо‘yash-pardozlash va dizaynerlik sohalarida amaliy ilmiy-tadqiqotlar olib borishni tashkillashtirish, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish hamda ushbu yо‘nalishlarda innovatsion xizmatlarni kо‘rsatish vazifalari belgilangan.
Texnoparkni rivojlantirish bо‘yicha amalga oshiriladigan ishlar mexanizmi quyidagilardan iborat:
Bо‘yash-pardoshlash yо‘nalishlari bо‘yicha asosiy va yordamchi uskunalar yordamida paxta, ipak tolalari va ularni kimyoviy tolalar asosida olingan aralashma  kalava, trikotaj tо‘qimalari va tо‘qima materiallarini pardozlashga tayyorlash va bо‘yash, tо‘qima materiallarini meyor darajasiga keltirish va kamkirishuvchanlik yakuniy pardoz berish amaliyotini amalga oshirish, trikotaj tо‘qimalari va tо‘qima materiallariga gul bosish xizmatlarini kо‘rsatish, iste’molchilarni talablariga asosan tо‘qimachilik materiallariga rang va rang tusini xosil qiluvchi retseptlarni ishlab chiqish, pardozlashga tayyorlangan va bо‘yalgan tо‘qimachilik matolarini sifat nazoratini (rangni suvli ishlovlarga, teri ta’siriga, ishqalanishga va tashqi ta’sirlarga chidamliligini aniqlash) о‘tkazish.
Tikuv-trikotaj yо‘nalishi bо‘yicha jahon andozalariga mos ravishda tikuv buyumlari namunaviy modellarini yaratish hamda uning laboratoriyasini tashkil etish, xususiy korxonalarni loyihalash tizimini ishlab chiqish, individual va guruh tartibida tikuv buyumlari modellarini ishlab chiqish, tikuv-trikotaj korxonalari uchun lekala namunalarini tayyorlab berish, tikuv buyumlarini loyihalash va texnologiyasini takomillashtirish, avtomatlashtirish bо‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish,tikuv uskunalarini takomillashtirish, servis xizmatlarini tashkil etish bо‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari о‘tkazish;
Dizayn yо‘nalishi bо‘yicha zamonaviy dizayn talablari va dunyo moda yо‘nalishi, О‘zbekistonning iqlim sharoitlari va milliy mentalitetni xisobga olgan holda tikuv buyumlarini istiqbolli modellashtirishni tashkil etish, marketing tadqiqotlarini о‘tkazish, raqobatbardosh kiyim modellarini yaratish, buyurtmalar portfelini shakllantirish, turli assortimentdagi va turlardagi formali, rasmiy, korporativ va maishiy kiyimlarga loyiha-konstruktorlik va normativ-texnik hujjatlarni loyihalash va ishlab chiqish, xozirgi zamon ekologik dizayn talablariga mos 3D formatida loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlarini qо‘llab zamonaviy liboslarni yaratish sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni о‘tkazishdan iborat.
Texnopark asosan 4 ta blokdan iborat: A blok – ma’muriy-boshqaruv binosi;
V blok – konferens zal va sinov laboratoriyasi binosi; S blok – о‘quv-amaliy xonalar; D blok – bо‘yash-pardozlash sexi va laboratoriyasi. Xozirda Texnoparkni D blogining 1-qavatiga bо‘yash-pardozlash uskunalari va laboratoriyasi, 2- qavatiga tikish-bichish uskunalari о‘rnatilgan. A blokning qurilish ishlari yakunlangan, mebel jihozlarini olib kelib о‘rnatilgan. V blokda asosan laboratoriya xonalari bо‘lib, laboratoriya uskunalari va mikroskop о‘rnatilgan. S blokning 2 va 3- qavatlari о‘quv-amaliy xonalar, 1-qavatida modalar namoyish zali mavjud. Blokni yertо‘la qismida oshxona uchun mо‘ljallangan 300 kv.m ga yaqin maydon ajratilgan.
Texnopark obyektigacha bо‘lgan territoriyada gaz, suv va elektr manbalari olib kelingan va ulangan. 2019 yilda bо‘yash-pardozlash uskunalari, laboratoriya jihozlari va о‘rnatilgan 32 ta tikuv mashinalarida hamda tikuv-dizayn loyixalash uskunalari orqali matolarni bichish va loyihalash bо‘yicha ishlarni tashkil qilish uchun institut tomonidan mutaxassis xodimlar ajratildi va ularga Koreya mutaxassislari mahorat darslarini о‘tkazdi. 
Ilmiy-amaliy tо‘qimachilik texnoparkning ish faoliyatini tashkil qilish uchun 22 ta shtat birliklari, bundan tashqari ishlab chiqarish zaruriyatidan kelib chiqib, shtat birlaklarini 44 taga yekazish rejalashtirilgan. Texnoparkni bо‘yash-pardozlash bо‘limidagi texnika va texnologiyalarni, tikuv-trikotaj va dizayner bо‘limlariga  о‘rnatilgan uskunalarni hamda laboratoriya sinovlarini amalga oshirish uchun institut tomonidan mutaxassis xodimlar ajratilib, ularga Koreya mutaxassislari tomonidan mahorat darslari о‘tkazildi. 

Xozirda Koreya texnologiyalarni rivojlantirish instituti hamda Koreya sanoat texnologiyalari instituti tomonidan “KOR-UZ Tehnopark”ning bо‘yash-pardozlash, bichish-tikish, dizayn programmalashtirish hamda tо‘quv mahsulotlarini sertifikatlashtirish yо‘nalishlari bо‘yicha mas’ul xodimlarni Koreyaga malakalarini oshirishga jо‘natish rejalashtirilmoqda.  
скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018