EKOBOG’ - MUSAFFO HAVO, YASHIL HUDUD

EKOBOG’ - MUSAFFO HAVO, YASHIL HUDUD

Joriy yilning 27-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining “Mehnat muhofozasi va ekologiya” kafedrasi “Ekobog’-musaffo havo,yashil hudud” nomli tadbir tashkil etdi. Tadbirda institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U. Abdullayev, O‘zbekiston Ekologik harakat partiyasi  markaziy apparat bo‘lim boshlig’i J. Azizov,  O‘zbekiston Respublikasi Ekopartiya a’zosi F. G’aniyeva,  F. Rusamov nomidagi Toshkent botanika bog’i direktori  S. Abdunazarov, Respublika rassomlikka ixtisoslashtirilgan maktab direktori U. Hakimov,  Sirg’ali tumani 6 –sonli ixtisoslashtirilgan  maktabning boshlang’ich sinf o‘qituvchisi K. Hamrayeva hamda Sirg’ali tuman 304- sonli maktab o‘qituvchilari, institut professor- o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 
Ekologik holatni bir me’yorda saqlashda o‘simlik va hayvonat dunyosining o‘ziga xos o‘rni bor.Chunki ular borliqni chang va gaz singari unsurlardan tozalab, uning o‘rnini kislorod bilan to‘ldirib turuvchi o‘ziga xos laboratoriya vazifasini o‘taydi. Bu esa sog‘lom va farovon turmush garovidir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi aholi turmush farovonligini ta’minlash, sog‘lig‘ini saqlash, yosh avlodga qulay ijtimoiy, iqtisodiy va musaffo muhit yaratishdan iborat ekanligini hisobga olsak, Toshkent shahar Ekoharakat partiyasi bilan hamkorlikda bunyod etilgan mazkur “Ekobog‘” ham ana shunday ezgu niyatlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Tadbirni institut  Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U. Abdullayev kirish so‘z bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, Ekobog’ni rasmiy  ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  Talaba-yoshlar hamda maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan chiqishlarga navbat berildi. Yoshlar o‘z chiqishlarida tabiatni asrash, atrof- muhit tozaligiga e’tibor berish kerakligiga alohida  to‘xtalib o‘tdi. Tadbir so‘ngida qatnashganlarga esdalik sovg’alar hamda faxriy yorliqlar taqdim etildi. 
Yoshlar o‘z chiqishlarida tabiatni asrash, atrof- muhit tozaligiga e’tibor berish kerakligiga alohida  to‘xtalib o‘tdi. Tadbir so‘ngida qatnashganlarga esdalik sovg’alar hamda faxriy yorliqlar taqdim etildi. 

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH