TO‘QIMACHILIK SANOATI ¬- RIVOJLANISH BOSQICHIDA

TO‘QIMACHILIK SANOATI ¬- RIVOJLANISH BOSQICHIDA

    Bugungi kunda dunyo to‘qimachilik sanoati jadal rivojlanib bormoqda. Ushbu sohani rivojlantirishda yurtimizda ham sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 21-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Bektemir tumaniga tashrif buyurdi.

U yerdagi sanoat zonalari va to‘qimachilik tarmoqlarida yetakchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuni aytish o‘tish joizki, Bektemir tumani Toshkent shahri sanoatining 10 foizini ta’minlaydi. 2020-yilning o‘tgan davrida bu yerda sanoat mahsuloti 9 foizga, xizmat ko‘rsatish 8 foizga, eksport 11 foizga o‘sgan. Davlatimiz rahbari Bektemir tumanidagi “Metall Processing” MCHJ da tayyorlanayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. Umumiy qiymati qariyb 34 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha sanoatni mahalliylashtirish, import o‘rnini to‘ldirishda juda muhim ahamiyatga ega. 
Chunki to‘qimachilik texnologiyalari har 5 yilda o‘zgarib turadi. Bundan tashqari detallari eskiradi yoki buziladi. Ilgari oddiy qismlar ham chetdan olib kelinardi. Bugungi kunga kelib, to‘qimachilik sanoatida kerakli texnologiyalar “Metal Processing” MCHJ da ushbu korxonalar buyurtmasi asosida ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda, mamlakatimizdagi 12 ta yirik to‘qimachilik majmuasi bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Mazkur korxonalar yurtimizda sanoat tarmoqlari rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Shuningdek, tashrif mobaynida yurtboshimiz, “Uzoq yillar davomida vaziyat shunday ediki, mashaqqat bilan yetishtirilgan paxtamizdan foydani boshqalar ko‘rar edi. Keyingi paytlarda uning yurtimizda qayta ishlash darajasi keskin oshdi. To‘qimachilik klasterlari paydo bo‘ldi. Ularning zamini- paxtani qayta ishlash. Buning uchun esa ilg’or texnika va servislar kerak”- deya ta’kidlab o‘tdi.  Ushbu texnikalarni yaratish uchun ularni tilini tushunadigan kadrlarga ehtiyoj seziladi. Ushbu kadrlar  O‘rta Osiyoda tayanch bo‘lgan  Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tayyorlanadi. Institut faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida, “Metal Processing” MCHJ da institut kafedralarining filialini ochib, amaliyotni kengaytirish lozimligi qayd etildi. Institut tarkibidagi har bir kafedra o‘z faoliyatini ushbu filialda boshlaydi hamda to‘qimachilik sanoati rivojiga o‘z hissasini qo‘shishda, hozirgi kun talabi hisoblangan yuqori sifatli texnologiyalardan foydalanishda o‘z innovatsiyalari bilan ildam qadam tashlashi belgilab olindi. 
Uchrashuv so‘ngida, tumanda yangi “o‘sish nuqtalari” ni topish va aholi hayotini yaxshilash borasidagi rejalar aytib o‘tildi.   
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH