ABITURIYENTLARGA REKTOR MUROJAATI

ABITURIYENTLARGA REKTOR MUROJAATI

Hurmatli АBITURIYENT !

   Аvvalo, Sizga mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari orasidan bizning Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat institutini tanlaganingiz uchun oʼz minnatdorchiligimni bildiraman.
   Bizning jamoa oʼz oldiga zamonaviy bilimlarni egallab, sohaning yetuk mutaxassisi boʼlishni hamda jonajon Vatanimiz ravnaqiga hissa qoʼshishni niyat qilgan intiluvchan yoshlarga oʼz maqsadlariga yetishishida ularni har tomonlama qoʼllab-quvvatlaydi va bor imkoniyatlarini safarbar etadi.
  2020-2021 oʼquv yilida Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat institutini kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllari boʼyicha 12 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarida 1250 (nafar) talabani qabul qiladi. 
  Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoshlarning oliy taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar yildan-yilga kengayib, inson kapitaliga davlat tomonidan juda katta investitsiya kiritilmoqda. Bunday gʼamxoʼrlik natijasida talabalikka qabul qlingan yoshlar soni oxirgi uch yilda uch barobarga ortdi. Joriy yilda abituriyentlarning hujjatlarini roʼyxatdan oʼtkazish toʼliq masofadan amalga oshirildi. Bizning Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat institutiga kirish uchun 53144 nafar abituriyent hujjatlarini roʼyxatdan oʼtkazdilar. Siz hujjat topshirgan 27617 nafar kunduzgi va 25527 nafar sirtqi taʼlim yoʼnalishiga 53144 nafar abituriyent talaba boʼlish istagini bildirgan.
   Bugungi kunda butun jahonda kechayotgan pandemiya sababli mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari muddatlari kechiktirildi. Bu avvalo, Siz - yoshlarning salomatligingizni oʼylab, oʼz bilimingizni namoyon qilish uchun qulay va xavfsiz shart-sharoit yaratish maqsadida qilindi. 
Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan kirish imtihonlari shaharlar va viloyatlardagi markaziy stadionlarda, yaʼni ochiq maydonlarda karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda 2020 yil sentyabr oyining 2-sanasidan boshlab oʼtkazilishi rejalashtirildi.
    Siz pasportingiz va DTM ruxsatnomangiz bilan ruxsatnomada koʼrsatilgan manzilga belgilangan vaqtda yetib kelishingiz zarur. Eslatib oʼtamiz, DTM ruxsatnomalarini joriy yilning 22 avgustidan boshlab DTM sayti (www.dtm.uz) dagi shaxsiy kabinetingiz orqali olishingiz mumkin!

Muhtaram Аbituriyent!
    Imtihon kuni belgilangan manzilga karantin qoidalariga rioya qilib, xavfsizligingizni taʼminlab, yaxshi kayfiyatda va oʼz vaqtida yetib kelishingizni soʼraymiz.
    Аziz ota-onalar va yaqinlaringizdan imtihon kunlari uyda qolib, imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlarini soʼraymiz. 
    Kirish imtihonlarining oʼtish muddati, jadvali va natijalari hamda oʼzingizni qiziqtirgan barcha savollarga javoblarni www.titli.uz sayti, TTYeSI qabul 2020 telegramm kanalidan olishingiz, shuningdek https://t.me/joinchat/T5eUYRZUl1l6BqDy6fNo4w elektron adresga yoki +998712533666, +998712533265, +998712535759, +998712536558, +998712533200, +998990071058 raqamli telefonlarga murojaat etishingiz mumkin. 
   Unutmang, faqat puxta tayyorgarlik va kuchli bilim bilangina talaba boʼlish baxtiga muyassar boʼlishingiz mumkin. Shunday ekan, bir daqiqa ham bilim olish va oʼz ustingizda ishlashdan toʼxtatmang. Sizga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli oʼtib olishingizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Omad yor boʼlsin!
Hurmat bilan,
Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat 
instituti rektori vazifasini bajaruvchi                                            X.KАMILOVА
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH