TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTIDA IJODIY IMTIHONLAR BOSHLANDI!

TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTIDA IJODIY IMTIHONLAR BOSHLANDI!

       2020-yilning 3 sentabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlariga kirish ijodiy imtihonlari boshlandi. 
2020-2021 oʼquv yilida Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat institutini kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllari boʼyicha 12 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida 1250 (nafar) talabani qabul qiladi. 
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoshlarning oliy taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar yildan-yilga kengayib, inson kapitaliga davlat tomonidan juda katta investitsiya kiritilmoqda. Bunday g‘amxo‘rlik natijasida talabalikka qabul qlingan yoshlar soni oxirgi uch yilda uch barobarga ortdi. Joriy yilda abituriyentlarning hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘liq masofadan amalga oshirildi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga kirish uchun 53144 nafar abituriyent hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazdilar. Hujjat topshirgan 27617 nafar kunduzgi va 25527 nafar sirtqi taʼlim yo‘nalishiga 53144 nafar abituriyent talaba bo‘lish istagini bildirgan.

Abituriyentlarning xavfsizligi va sog‘ligini asrash uchun barcha choralar ko‘rilgan. Institut hududiga kirish dezinfiksiya tunellari o‘rnatilgan. Har bir abituriyent tuneldan o‘tgach, issig‘i o‘lchanib, antiseptik vositalari bilan qo‘llari tozalabo‘tkazilmoqda. Imtihon o ‘tkaziladigan xona va hududlarda ma’sullar masofani saqlashni nazorat qilmoqdalar. Ijodiy imtihonlar o‘tkazilish jarayonida virus alomatlari bor abituriyentlar kuzatilmadi. 

Abituriyentlarga yanada erkin ijod qilish imkonini berish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, xonalarga sovitish moslamalari o‘rnatilgan. 
Tibbiyot xodimlari har bir abituriyentning sog‘ligini alohida nazorat qilmoqdalar. Ular uchun gigiyena talablariga rioya qilgan holda, suv va salqin ichimliklar tashkil qilinib, Xavfsizlikni ta‘minlash uchun Ichki ishlar xodimlari jalb etilgan. 
Yana bir shaffoflikini ta‘minlovchi muhim qadam, Institutda imtihonlar jarayonlarini real vaqt rejimida ONLINE kuzatish imkonini beruvchi maxsus platforma ishga tushirilishi bo‘ldi. Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari bemalol uydan turib imtihonlarni online kuzatib borishlari uchun sharoit yaratildi. 

Imtihonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida, imtihon oluvchi mutaxassislar yurtimizning boshqa OTM laridan ham tashrif buyurishdi hamda ommaviy axborot vositalarida kundalik yangiliklar yoritilib borilmoqda. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH