KASBIY IMTIHONLAR VILOYATLAR KESIMIDA AMALGA OSHIRILMOQDA!

KASBIY IMTIHONLAR VILOYATLAR KESIMIDA AMALGA OSHIRILMOQDA!

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari bilan birgalikda kasbiy imtihonlar ham bo‘lib o‘tmoqda.
Ana shunday sinovlar olib borilayotgan ta’lim muassasalaridan biri Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutidir.
Engil sanoat texnologiyasi va dizayn fakultetining kostyum dizayni va poyabzal va aksessuarlar dizayni yo‘nalishlariga 50 o‘rin uchun 576 talabgor hujjat topshirgan.

Ijodiy imtihonning birinchi kunida 185 abiturient kelishi belgilab qo‘yilgan edi. Ularning 25 nafari imtihonlarga kelmagan. 
Betobligi yoki yana muhim sabablarga ko‘ra kela olmagan abiturientlar uchun imtihonlar to‘liq yakunlangach, qayta imtihon bo‘ladi. 7 ta auditoriyada bo‘layotgan sinovlar xonalarda o‘rnatilgan kameralar orqali institut saytida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilmoqda.
Ma’lum qilishlaricha, sinovlar tashkil etilishida viloyatlar kesimida kunlari belgilangan. Uzoq joydan keluvchi abiturient va hamrohi uchun yotoqxonalar shay holga keltirilgan. 

Bugun Toshkent shahridagi talabgorlar uchun imtihonlar bo‘layotgan bo‘lsa, ertaga, 4 sentyabrda Toshkent shahri va viloyati, 5 sentyabrda Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro viloyatlari, 7 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlaridan talabgor bo‘lgan abiturientlar uchun imtihonlar o‘tkaziladi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH