INSTITUTDA IJODIY IMTIHONLAR DAVOM ETMOQDA!

INSTITUTDA IJODIY IMTIHONLAR DAVOM ETMOQDA!

2020-yilning 4 sentabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlariga kirish ijodiy imtihonlari o‘tkazildi. 

Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakultetining kostyum dizayni va poyabzal va aksessuarlar dizayni yo‘nalishlariga 50 o‘rin uchun 576 talabgor hujjat topshirgan. Ijodiy imtihonning ikkinchi kunida 186 abiturient kelishi belgilab qo‘yilgan edi. Ularning 37 nafari imtihonlarga kelmagan. Betobligi yoki yana muhim sabablarga ko‘ra kela olmagan abiturientlar uchun imtihonlar to‘liq yakunlangach, qayta imtihon bo‘ladi. 7 ta auditoriyada bo‘layotgan sinovlar xonalarda o‘rnatilgan kameralar orqali institut saytida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilmoqda.

Ma’lumot uchun: Institutda imtihonlar 3, 4, 5, 7 va 9 sentabr kunlari bo’lib o‘tadi. 

Abituriyentlarning xavfsizligi va sog‘ligini asrash uchun barcha choralar ko‘rilgan. Ijodiy imtihonlar o‘tkazilish jarayonida virus alomatlari bor abituriyentlar kuzatilmadi. Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xodimlari xizmat olib bormoqda. Tibbiyot xodimlari har bir abituriyentning sog‘ligini alohida nazorat qilmoqdalar. Ular uchun gigiyena talablariga rioya qilingan holda, suv va salqin ichimliklar tashkil qilingan. 
Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi tomonidan ma’sul shaxs biriktirilib institut hududi bo’ylab xavsizlik masalalariga e’tibor qaratilmoqda.  
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH