PARIJ XALQARO MODALAR  AKADEMIYASI BILAN HAMKORLIKDA IJODIY IMTIHONLAR BO‘LIB O‘TDI!

PARIJ XALQARO MODALAR AKADEMIYASI BILAN HAMKORLIKDA IJODIY IMTIHONLAR BO‘LIB O‘TDI!

2020-yilning 9-sentabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutidaFransiya Respublikasi, Parij Xalqaro modalar akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ta‘lim yo‘nalishlari uchun kirish ijodiy imtihonlari o‘tkazildi. Dizayn (kostyum dizayni) ta’lim yo‘nalishi bakalavrlariga 50 ta kvota ajratilgan, 111 abituriyent hujjat topshirgan. Magistratura bosqichiga esa 10 ta o‘rin berilgan bo‘lib, 15 kishi hujjat topshirgan. 

Ma’lumot uchun: Parij Xalqaro modalar akademiyasi professor o‘qituvchilari hozirgi paytdagi vaziyat ya’ni, pandemiya sababli imtihon jarayonlarini online kuzatib bormoqda. 

Abituriyentlarning xavfsizligi va sog‘ligini asrash uchun barcha choralar ko‘rilgan. Institut hududiga kirishda dezinfiksiya tunellari o‘rnatilgan. 
Har bir abituriyent tuneldan o‘tgach, issig‘i o‘lchanib, antiseptik vositalari bilan qo‘llari tozalabo‘tkazilmoqda. Imtihon o‘tkaziladigan xona va hududlarda ma’sullar masofani saqlashni nazorat qilmoqda. Ijodiy imtihonlar o‘tkazilish jarayonida virus alomatlari bor abituriyentlar kuzatilmadi. Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xodimlari xizmat olib bormoqda.Abituriyentlarga yanada erkin ijod qilish imkonini berish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, xonalarga sovitish moslamalari o‘rnatilgan. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH