HAMKORLIKNING YANGI ISTIQBOLLARI

HAMKORLIKNING YANGI ISTIQBOLLARI

Parij- moda dunyosining nafaqat markazi balki, poytaxti ham hisoblanadi. Dizayner borki, Fransiyaga borishni moda dunyosida muvaffaqiyatga erishishni istaydi. Ammo  bilim, malaka bo‘lmasa omadning o‘zi kamlik qiladi. Moda industriyasini yuqori bosqichlarga ko‘tarish uchun bilimli, raqobatbardosh kadrlar yetishtirish muhimdir. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti moda industriyasiga kadrlar tayyorlab berishda yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri sanaladi.
Parij xalqaro “Liboslarni modellashtirish va konstruksiyalash akademiyasi” hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakulteti bo‘lim boshlig’i, professor X.H.Kamilova hamda Toshkent fransuz Alyansi direktori D.Ahmedov bilan hamkorlikda shartnoma imzolandi. Shartnomaga muvofiq, Toshkent fransuz Alyansi tomonidan Qo‘shma fakultet talabalariga o‘quv kurslarini tashkil etish, fransuz tilini o‘qitishning samaradorligini yanada oshirish, talabalarning og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish, qo‘shma fakultet professor-o‘qituvchilarining ko‘nikmalarini har tomonlama shakllantirishga ko‘maklashish, shuningdek hamkorlikda ilmiy maqolalar, o‘quv- uslubiy qo‘llanmalar hamda lug’atlar chop etishni yo‘lga qo‘yish, ilmiy seminar va konferensiyalar tashkillashtirish, hamda ularga o‘qituvchilarning ishtirokini ta’minlashdan iborat.  
Bunaqa shartnomalar  orqali talabalar orasidan   o‘zbek moda industriyasini bundan katta marralar sari yetaklovchi kadrlar yetishib chiqishiga zamin yaratiladi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH